Real Madrid Rodri transferi bo'yicha o'z pozitsiyasini ma'lum qildi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Real Madrid Rodri transferi bo'yicha o'z pozitsiyasini ma'lum qildi

📰 AS xabariga ko'ra, "Real Madrid" "Manchester Siti" klubini Rodri bilan qiziqmayotgani haqida xabardor qildi. Madridliklar matbuotda tayanch yarim himoyachisi bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida tarqalgan xabarlardan norozi bo'lishgan, vaholanki, bunday muloqot umuman bo'lmagan. Klubdagilar bunday mish-mishlar jamoa imidjiga zarar yetkazayotganini ta'kidlashmoqda.

"Real" vakillarining ba'zilari Rodri jamoaga aniqroq o'yin uslubini bera olishiga ishonishadi va 30 yoshli futbolchining salohiyatini juda yuqori baholashadi. Shunga qaramay, madridliklar uni sotib olish niyatida emas.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!