Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Real Madrid Rodri transferi bo'yicha ilk bor Manchester City bilan bog'landi. Klublar bitim shartlari bo'yicha og'zaki muhokamalarni boshlab yuborishdi.
Peres ma'lum o'ylanishlardan so'ng transferga rozilik berdi. Manbalarning aytishicha, Madrid klubi prezidenti Rodrining Rikelme bilan bo'lgan aloqalaridan norozi bo'lgan. Ammo endi "qaymoqranglilar" rahbari 30 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Madrid Ispaniya terma jamoasi sardori uchun taxminan 60 million yevro to'lashga tayyor. Katta ehtimol bilan, City bundan ko'proq mablag' talab qiladi.
Bundan tashqari, inglizlar boshqa klublar ham ispaniyalik futbolchini sotib olish bo'yicha murojaat qiladimi yoki yo'q, buni kuzatmoqchi. Biroq Rodrining o'zi Real Madridga o'tishni istamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!