Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Real Madrid» Diomande uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. «PSJ» madridliklarning harakatlaridan norozi va futbolchini qo'lga kiritish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Shunga qaramay, «Real» futbolchini o'z safiga qo'shib olishiga ishonchi komil va yaqin soatlar ichida «Leyptsig»ga yangi taklif yuboradi.
Transfer summasi 100 million yevrodan oshadi. OAVdagi ma'lumotlarga qaramay, Diomande sotilgandan so'ng yana bir mavsum ijarada «Leyptsig»da qolmaydi.
Cope ma'lumotiga ko'ra, bugun Diomandening «Real Madrid»ga o'tishi mumkin bo'lgan transferi bo'yicha hal qiluvchi kun. Futbolchi o'z agentiga «qaymoqranglilar» safiga o'tish uning uchun ustuvor vazifa ekanligini aytgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!