Real Madrid Diomande bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 18

Real Madrid Diomande bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Real Madrid» Diomande bilan 5 yillik shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.

Hozirda «qaymoqranglilar» bor e'tiborini 19 yoshli vinger transferiga qaratgan. Shu bois «Real Madrid» «Leyptsig»ga futbolchi uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

«PSJ» oxirigacha Diomandeni qo'lga kiritishga urinmoqda, ammo «Real Madrid» muzokaralarda sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. Klub ivuarlik futbolchi uchun bor kuchini ishga solmoqda, shu sababli «Madrid»da uning transferi amalga oshishiga ishonch yuqori.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!