Le Progres nashri Paulu Fonseka bilan qiziqarli intervyu tashkil qildi. Undan parcha:
Jamoani tark etishi kutilayotgan futbolchilar bor paytda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish qanday kechmoqda?
🎙️ Paulu Fonseka: «Zamonaviy futbol shunaqa. Ayrim futbolchilar ketadi, boshqalari keladi. Biz kimlar jamoani tark etishini va kimlar safimizga qo'shilishi mumkinligini bilamiz».
Xo'sh, ketishi kerak bo'lgan futbolchilarning o'zlari bu haqda bilishadimi? Insoniy nuqtai nazardan bu qiyin emasmi?
🎙️ Paulu Fonseka: «Ha, futbolchilar buni bilishadi. Insoniy nuqtai nazardan bu haqiqatan ham oson emas. Ammo tarkibni tanlayotganimda, qaysidir futbolchi talablarimga javob bermasligini tushunaman. Men o'z qarashlarimga ko'ra, sifat jihatidan mos keladigan futbolchilar bilan jamoa qurishim kerak. Har qanday holatda ham futbolchilarning o'zlari buni his qilishadi: ularda avvalgidek konsentratsiya bo'lmaydi va bundan qochib bo'lmaydi. Zamonaviy futbol shunaqa».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!