🔥 Paragvayliklar Mbappe’ni shahar markaziy maydonida yoqib yuborishdi: fransiyalik futbolchining qo‘g‘irchog‘i San Xuan bayrami vaqtida mamlakatdagi eng nafratli shaxs sifatida o‘tga tashlandi.
An’anaga ko‘ra, bu vaqtda janubiy amerikaliklar Yahudoni ifodalovchi qo‘g‘irchoqni yoqib yuborishadi va uni xalq dushmani deb e’lon qilishadi. Shuningdek, unga la’natlar yog‘dirishadi.
Bu yil paragvayliklarning "qora ro‘yxati"ga "Real" forvardi tushdi, u Paragvayga qarshi butun o‘yin davomida raqibini haqorat qilgan:
• Kaseresga uni "o‘pib qo‘yishni" taklif qildi.
• Alonsoga "onasini so‘kkanini" aytdi.
• Butun o‘yin davomida oyog‘iga zarba bergan raqiblarini so‘kib chiqdi.
• O‘yindan so‘ng darvozabon Xil bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi.
O‘yin yakunlangach, senator Amariya Mbappe’ni maymunga qiyosladi va uning so‘zlari uchun mamlakat prezidenti shaxsan uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi. "Real" hujumchisining o‘zi esa ayolga u o‘z lavozimiga loyiq emasligini aytib javob qaytardi. Ammo endi Mbappe (paragvayliklarga rahmat) — la’natlangan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!