Paragvaylik senator yana Mbappe bilan janjallashmoqda
Instagram โ†— โ—โ—โ—โ—‹โ—‹ Umumiy ๐Ÿ‘ 38

Paragvaylik senator yana Mbappe bilan janjallashmoqda

Seleste Amarilya ijtimoiy tarmoqlarda shunday deb yozdi: ๐Ÿ˜ฑ

«Bizni iflos futbol o‘ynaydi deganingizda, kibr va nafratingiz g‘azabimni keltirdi.

Keyin smokringlarni tilga oldingiz. Siz shunchalik nafosatlisiz-u, biz esa kambag‘al va tarbiyasiz bo‘lib, gap nima haqida ketayotganini ham bilmaymiz.

O‘yin paytida darvozabonimizga qarata haqoratli so‘z aytdingiz, uning qo‘lini qismadingiz. Bu mening va butun mamlakatning nafsoniyatiga tegdi. Fransiya sizni bu xatti-harakatingiz uchun jazolashi kerak.

Mening postlarim siz Paragvay futbolchilarini masxara qilganingizda, hissiyotlar ustida yozilgan edi. Biroq sizga haqorat bilan javob qaytarganimdan darhol afsuslandim va postni o‘chirib tashladim.

Endi esa sizdan ham o‘z so‘zlaringizdan qaytishingizni va mendan uzr so‘rashingizni talab qilaman. Mening sha’nimga o‘z lavozimiga noloyiq, jirkanch ayol deb aytishga haqqingiz yo‘q.

Men saylangan senator man va o‘z xalqimni tamsil etaman. Siz meni ayol kishi bo‘lganim uchun haqorat qilyapsiz. Uzr so‘rang, aks holda gender zo‘ravonligi bo‘yicha sudga murojaat qilaman»

Aytgancha, Paragvay hukumati Amarilyaning so‘zlarini qoralab chiqqandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!