Milos Kerkez o'z intervyusida Iraolaning talablari va Arne Slotning iste'fosi haqida gapirdi.
Iraola murabbiy sifatida qanot himoyachilari ko'proq qanot bo'ylab harakatlanishini, ham sherigining orqasiga, ham yarim qanotga o'tishini afzal ko'radi. "Bornmut"da bu tizim menga mos kelgan, shuning uchun bu yerda ham ish beradi deb o'ylayman. Iraola menga har doim eng muhimi – himoyadagi o'yin ekanligini aytgan. U uchun bu birinchi o'rinda turadi: agar himoyachi bo'lsang, avvalo sifatli himoyalanishing kerak. Shuning uchun men doimo avval himoyaga e'tibor qaratib, keyin oldinga o'tib, vingerlarga yordam berardim. U menga ko'rsatdi: agar asosiy ishingni bajarsang, keyin erkinlikka ega bo'lasan va o'zing to'g'ri deb bilgan narsani qila olasan. Uning qo'l ostida o'zimni haqiqatan ham erkin his qilardim. U o'zingni ko'rsatishingga imkon beradi.
Men hayron qoldim. Rostini aytsam, hech narsadan xabarim yo'q edi. Serbiyada edim va uxlab yotganimda akam meni uyg'otdi. U eshikni taqillatdi – bu yangilik katta syurpriz bo'ldi. Hech kim hech narsani bilmasdi. Ishongim kelmadi va faqat: "Voy-bo'", deb o'yladim. Shundan so'ng Slot bilan gaplashdik va bir nechta xabar almashdik.
Rostini aytsam, bosim haqida qayg'urmayman. Menga bu "bosim" va shunga o'xshash gaplar yoqmaydi. Men Serbiyada biroz boshqacha sharoitda o'sganman. Bizning tarbiyamiz boshqacha. Aytish mumkinki, biz o'zimiz ham biroz boshqacharoq odammiz. Masalan, men o'n yoshimda yuk mashinasini hayday boshlaganman. Bu otam bilan birga bo'lgan. Kabinaga chiqib, rulni ushlaganman. Pedallarni u boshqargan, chunki men hali kichik edim va ularga oyog'im yetmasdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!