Milan Franco Baresi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
MilanAC ↗ ●●●●● Umumiy 👁 8

Milan Franco Baresi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Milan klubi o'z afsonasi Franko Baresi haqida tarqalgan yolg'on xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

So'nggi soatlarda tarmoqda rossonerilar afsonasi haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan xabarlar tarqala boshladi.

🔴 Klub ushbu nashrlar haqiqatga zid ekanligini rasman ma'lum qildi.

Shu bilan birga, Milan Franko Baresi hozirda qiyin davrni boshdan kechirayotganini tasdiqladi va klub unga hamda uning oilasiga to'liq dalda berishini bildirdi.

❤️ Rossonerilar barchadan Baresining shaxsiy hayotiga bo'lgan huquqini hurmat qilishni va tekshirilmagan mish-mishlarni tarqatmaslikni so'radi.

Frankoga kuch-quvvat va ushbu qiyin damlarni tezroq yengib o'tishini tilab qolamiz. ❤️

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!