🎤 Mikki van de Ven klubning yangi mavsum oldidan ambitsiyalari haqida:
Klubda o'zgarishlar ro'y berganini ko'rish juda yoqimli. Klubda yangi ambitsiyalar paydo bo'lganini ko'rish mumkin. Bu uzoq vaqtdan beri shu yerda bo'lgan o'yinchilar uchun juda muhim.
O'tgan mavsum juda og'ir va keskin o'tdi. Biz tomondan bu qabul qilib bo'lmas holat edi, shuning uchun hammasini ortda qoldirib, yangi mavsumni toza sahifadan boshlash biz uchun ko'p narsani anglatadi.
🎤 Roberto De Dzerbi qo'l ostidagi hujumkor futbol haqida:
O'yin avvalgi murabbiy davridagidan farq qiladi. Biz to'p bilan ko'proq ishlaymiz, ko'proq futbol o'ynaymiz. O'ylaymanki, muxlislarga ham tomosha qilish qiziqroq bo'ladi, chunki biz hujumkor futbol namoyish etamiz.
U [De Dzerbi] jamoamizga ko'p ishtiyoq, maydondagi hissiyotlar va mentalitet nuqtai nazaridan ko'p narsa olib kirganini ko'rish mumkin. Barchamiz tushkun kayfiyatda bo'lganimiz uchun bizga aynan shu narsa kerak edi.
U ko'plab ijobiy energiya olib kelmoqda va mavsumoldi tayyorgarlik tufayli uning futbol falsafasini jamoaga singdirish uchun vaqtimiz yetarli. Bu juda ajoyib.
🎤 Jamoadagi ijobiy muhit haqida:
Rostini aytsam, jamoada hozir muhit shunchaki a'lo darajada. U bilan ishlash menga juda yoqmoqda. Jamoaga kelgan yangi o'yinchilar ham o'zlarini ajoyib tarzda ko'rsatishdi. Ular jamoaga juda yaxshi kirishib ketishdi.
🎤 Yangi mavsumdagi shaxsiy va jamoaviy maqsadlar haqida:
Tottenxem har yili yevrokuboklarda o'ynashi kerak bo'lgan jamoa, shuning uchun yevrokuboklar o'rinlari uchun kurashishimiz aniq.
Eng muhimi — o'z futbolimizni ko'rsatish va raqib uchun o'ynash qiyin bo'lgan jamoaga aylanish.
Shaxsan men shunchaki butun mavsum davomida sog'lom qolishni, imkon qadar ko'proq o'yinlarda maydonga tushishni va jamoaning muhim qismi bo'lishni istayman. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!