🚨 Migel Anxel Xil Marin:
Mening pozitsiyam aniq, klubning pozitsiyasi aniq. Biz buni o'yinchi, uning vakillari va «Barselona» prezidentiga yetkazdik.
Menda «Atletiko» Xulian uchun eng mos joy ekanligiga va Xulian «Atletiko Madrid» uchun ideal markaziy hujumchi ekanligiga zarracha shubha yo'q. Biz uni olib qolmoqchimiz.
Yaqinda prezident [Laporta] uning Madrid «Atletiko»siga qilgan taklifi cheksiz emasligini aytganini eshitdim. Ammo bizning javobimiz cheksiz – u sotilmaydi.
Biz uni sotmoqchi emasmiz. Biz 100 million yevrolik taklifni qabul qilmadik va na 150 million, na 200 million yevroni qabul qilamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!