Migel Anxel Xil Marin: "Xulian Alvares "Barselona"da o'ynamaydi"
БАРСЕЛОНА ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Migel Anxel Xil Marin: "Xulian Alvares "Barselona"da o'ynamaydi"

Migel Anxel Xil Marin ("Atletiko Madrid" bosh direktori):

Xoan Laporta allaqachon Xulian Alvares kelasi mavsumda "Barselona" safida o'ynamasligini yaxshi biladi. Bo'layotgan barcha holatlar uning shaxsiy spektakli bir qismi, xolos.
Men Laportani yetarlicha yaxshi bilaman va u omma oldida o'ynashni, ya'ni OAV va muxlislar uchun shou ko'rsatishni yaxshi ko'rishini tushunaman.
Men shaxsan unga: "Iltimos, to'xtat. Biz Xulianni sotmoqchi emasmiz va buni rejalashtirmayapmiz. Qistashni bas qil", deb aytganman.
Ammo Laporta bu voqeani rivojlantirishda davom etmoqda, chunki unga bu yoqadi. U matbuot va muxlislar bilan shunday o'yinlarni yoqtiradi.
Eng yoqimsiz tomoni shundaki, bularning barchasi Xulianning o'ziga ham ta'sir qilmoqda.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!