🆕 Maykl Olise "Real"ga qo'shilishni istamoqda.
❌ U buni yashirmayapti va o'z xohishi haqida Fransiya terma jamoasidagi jamoadoshlariga aytib o'tgan.
✔️ Olise anchadan beri "Real Madrid"da o'ynashni orzu qiladi.
📈 Dayo Upamekano uni qolishga ko'ndirish uchun "intensiv harakatlar" qilmoqda, ammo futbolchi yozda "Bavariya"ni tark etib, "Real"ga o'tishga qat'iy qaror qilgan.
✔️ "Bavariya"dagi ikki muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng, Olise dunyodagi eng katta klubga o'tish vaqti keldi deb hisoblaydi.
👀 U allaqachon Kilian Mbappe va Orelen Tchuamenidan Ispaniya klubi haqida so'rab-surishtirgan.
ℹ️ "Real" rahbariyati Olisening o'tish istagidan xabardor. Jahon chempionati yakunlangach, ular bu operatsiyani ishga tushirishadi.
❌ Biroq, "Bavariya" hozircha muzokaralarga tayyor emas.
📰 L’Équipe
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!