📰 Marca xabariga ko'ra, Peres Rodrini sotib olishga rozilik berdi. Shu sababli, Diomande transferi yakunlangach, «Real Madrid» «Manchester Siti»ga 30 yoshli tayanch yarim himoyachisi uchun rasmiy taklif yuboradi.
Endilikda «qaymoqranglilar» Rodri transferini tez fursatda rasmiylashtirish imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
«Madrid»da ispaniyalik futbolchi Mourinyu o'yin tizimida jamoaning miyasiga aylanishini istashmoqda. Shu bois, Rodrining xarid qilinishi yozgi transfer oynasidagi tarkibni qayta qurish bo'yicha so'nggi bitim bo'ladi.
Mourinyu yangi yarim himoyachi transferini «Madrid» uchun zarurat deb hisoblaydi. E. Fernandes va M. Fernandesh nomzodlarini o'rganib chiqqach, murabbiy Rodri yarim himoyani kuchaytirish uchun eng maqbul variant degan xulosaga keldi.
«Manchester Siti» Ispaniya terma jamoasi sardorini juda qadrlaydi, shuning uchun agar futbolchi «Real Madrid»ga o'tishga qaror qilsa, klub uning ketishiga ruxsat beradi. Rodrining transferi «Madrid»ga taxminan 50-60 million yevroga tushadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!