Marash Kumbulla ketma-ket uchinchi marta Ispaniya chempionatiga ijaraga o'tish arafasida turibdi.
Matteo Moretto Fabrisio Romanoning YouTube kanalida xabar berishicha, albaniyalik futbolchi "Rayo Valyekano"ga o'tishga rozi bo'lgan. Bugun klublar o'rtasida bitimni rasmiylashtirish bo'yicha yakuniy muzokaralar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Kumbulla Ispaniya klubiga ijara asosida o'tadi, biroq shartnomada sotib olish huquqi yoki majburiyati bor-yo'qligi hozircha noma'lum.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!