Malen "Il Messaggero" gazetasiga bergan intervyusida jamoaviy muvaffaqiyatni shaxsiy ko'rsatkichlaridan ustun qo'yishini ta'kidladi:
Hujumchi uchun ko'p gol urish va jamoaga g'alaba qozonishda yordam berish har doim yoqimli. Oxir-oqibat, o'tgan yilgi katta muvaffaqiyat mening natijamda emas, balki Chempionlar ligasiga yo'llanma olganimizda edi. "Roma" u yerda ko'p yillar davomida o'ynamagan. O'tgan yili erishgan yutuqlarimizni takrorlash orzu bo'lardi.
Shu sababli, niderlandiyalik futbolchi uchun haqiqiy yutuq 14 ta gol emas, balki "Roma"ning Yevropaning nufuzli klublar turniriga qaytishi bo'lgan.
Shunga qaramay, hujumchi yangi mavsumda o'z o'yinini yaxshilash va jamoaga ta'sir o'tkazish istagini yashirmaydi. Eng yaxshi to'purar bo'lish imkoniyati haqidagi savolga Malen shunday javob berdi:
Yuqori saviyada o'ynash muhim. Gap faqat gol urishda emas, balki ko'plab vaziyatlar yaratish va golli uzatmalar berishda ham. Men hujumni yakunlash bo'yicha o'z mahoratimni bilaman va agar haftadan haftaga o'sib borsam, nimaga erishishimni kim biladi deysiz.
Malen bilan to'liq intervyu ertaga e'lon qilinadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!