The Athletic (Devid Ornshteyn) xabariga ko'ra, 🚨 Maksens Lakrua bugun «Chelsi»ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi. «Kristal Pelas» himoyachisi uchun londonliklar 52 million funt to'laydi. 26 yoshli futbolchi 2032-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
«Arsenal» ham futbolchiga qiziqish bildirgan edi, ammo Uilyam Salibaning tiklanish davrida uning o'rnini bosish uchun buncha mablag' sarflashni istamadi.
«Arsenal» himoya chizig'ini kuchaytirish uchun Konsa va Stounz nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Boshqa variantlar ham istisno qilinmayapti.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!