Liverpul himoyadagi muammolar va transfer rejalari haqida
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 12

Liverpul himoyadagi muammolar va transfer rejalari haqida

Dominik King Jo Gomesning jarohati sabab yuzaga kelgan vaziyat haqida:

🛑 Andoni Iraola Jo Gomesning jarohatidan xavotirda, chunki klubda markaziy himoyachilar tanlovi cheklangan.

Jovanni Leoni hali asosiy jamoa mashg'ulotlarida qatnashmayapti va o'tgan yilning sentyabrida olgan tizzasidagi jiddiy jarohatdan so'ng yaqindagina yugurishni boshladi. Iraola uning safga qaytish muddatini aytmadi.

Izoh: bu juda g'alati, chunki mart oyi oxirida Leonining to'p bilan mashg'ulot o'tkazayotgani aks etgan suratlar, shuningdek, Italiya OAVlarida uning aprel oyi oxirida umumiy guruhga qo'shilishi mumkinligi haqidagi xabarlar mavjud edi.

🛑 Virjil shu hafta Liverpulda mashg'ulotlarni boshlaydi. Klub uning tayyorgarlik dasturini uyda boshlashi ma'qulroq deb topdi, chunki JCHdan keyin uni yana ikki marta uzoq masofaga parvoz qilishga majbur qilmoqchi emas.

🛑 "Liverpul"ning transfer bozoridagi asosiy maqsadi o'ng qanot vingerini sotib olish bo'lib qolmoqda. Klub PSJdan Bredli Barkolya transferi ustida ishlamoqda, biroq ham markazda, ham qanotda o'ynay oladigan himoyachini topa olishadimi yoki yo'q, hozircha noma'lum.

🛑 Gomes yaqin 24 soat ichida "Liverpul"ning Chikagodagi mashg'ulot bazasida qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tadi. Biroq Iraola bu shunchaki ikki o'yinni o'tkazib yuborishdan ko'ra jiddiyroq muammo bo'lishi mumkinligiga ishora qildi.

🛑 Dominik King klubga Jon Stounz variantini ko'rib chiqishni taklif qilmoqda va bunga 2000-yildagi Gari Makallister va Markus Babbel yoki 2015-yildagi Jeyms Milner misollarini keltirmoqda (izoh: garchi Stounzning o'zi mavjudligi ham ko'plab shubhalarni keltirib chiqarsa-da).

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!