Britaniyalik jurnalist Saymon Jonsning yozishicha, «Liverpul» PSJ bilan Bradley Barkolaning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Parijliklar futbolchi uchun 140 million funt talab qilmoqda, ammo «Liverpul» bunday narxga rozi emas. Bunga sabab sifatida o'tgan yili klub futbolchi uchun 75 million funt atrofida narx belgilagani keltirilmoqda.
Jonsning ta'kidlashicha, Barkolaning mahorati Andoni Iraola uslubiga mos keladi va u Muhammad Saloh ketganidan keyin yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirishi mumkin.
«Arsenal» va «Bavariya» ham fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, «Chelsi» esa yoz boshida u bo'yicha so'rov yuborgan edi.
Barkolaning o'zi, agar klublar kelishuvga erishsa, «Liverpul» bilan transfer masalasida gaplashishga tayyorligi aytilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!