Krisensio Sammervill va «Roma» o'rtasidagi muzokaralar bo'yicha yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Eleonora Trotta xabariga ko'ra, Gasperini transfer bozorida jarayonni tezlashtirishni so'ragan va niderlandiyalik vinger bilan bitim kelgusi 48-72 soat ichida yakunlanishini kutmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, «Roma» futbolchi bo'yicha so'nggi taklifiga o'zgartirish kiritib, unga yiliga taxminan 4 million yevro maosh taklif qilishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!