Ekrem Konur xabariga ko'ra, «Lids» «Genk» yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Yaqinda «Borussiya» 18 yoshli hujumkor yarim himoyachini sotib olish uchun 25,5 million funt sterling miqdorida taklif yubordi. «Genk» esa o'z futbolchisini 30-34 million funt sterlingga baholamoqda.
Karetsasga «Liverpul», «Chelsi», «Brayton» va «Everton» ham qiziqish bildirmoqda, «Milan» esa futbolchini o'zining asosiy maqsadi deb biladi.
Gretsiyalik yarim himoyachining o'zi faoliyatini Bundesligada davom ettirishni istamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!