«Roma» yarim himoyachisi «Manchester Yunayted» e'tibor markazida. Ingliz klubi futbolchining transfer imkoniyatlarini baholash uchun uning vakillari bilan dastlabki aloqalarni o'rnatdi. «Qizil iblislar» jismonan baquvvat va maydon markazida barqarorlikni ta'minlay oladigan dinamik yarim himoyachi qidirmoqda. Ederson bilan bog'liq kelishuv hamda Eduardo Kamavinganing «Real»da qolish niyati fonida, Kone klubning transfer ro'yxatida birinchi o'ringa chiqib oldi.
«Manchester Yunayted»ning yangi bosh direktori Omar Berrada ham ushbu transferda muhim rol o'ynashi mumkin, chunki u fransiyalik yarim himoyachining agentlari bilan juda yaxshi munosabatda. Fabrisio Romano o'zining YouTube kanalida ma'lum qilishicha, «Roma»ga hozircha rasmiy taklif yuborilmagan, ammo «Yunayted» tomonidan qilingan so'rov klubning aniq qiziqishini tasdiqlaydi. Ingliz klubi yozgi transfer bozorida Andrey Santos va Yuri Tilemansni tezkorlik bilan o'z safiga qo'shib olib, faol harakat qilmoqda.
«Trigoriya»da dastlabki muzokaralar yaqin kunlarda rasmiy taklifga aylanib-aylanmasligini kutishmoqda. Kone «jallorossi» tarkibidagi eng muhim o'yinchilardan biri bo'lib qolmoqda, shu bilan birga, u klubga katta mablag' keltirishi mumkin bo'lgan kam sonli futbolchilardan biri. «Roma» vaziyatni kuzatmoqda: rasmiy taklif bo'lmasdan turib, muzokaralar olib borish imkonsiz, biroq «Manchester Yunayted» varianti hozirda eng aniq yo'nalishlardan biri hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!