Karlos Espi: "Real Madrid"ga o'tishim kinodagidek bo'ldi"
ZZoneRM ↗ ●●●●● Matbuot 👁 5

Karlos Espi: "Real Madrid"ga o'tishim kinodagidek bo'ldi"

📰 B. Fernandes xabariga ko'ra: "Mourinyu Espini "qudratli yirtqich" deb ta'riflamoqda. "Madrid" vakillari 194 santimetrli hujumchining jamoa bilan o'tkazgan ilk mashg'ulotidan so'ng uning jismoniy holatidan hayratda qolishdi.

Murabbiy Espi haqida u "qaymoqranglilar" safiga o'tguniga qadar ham bilar edi, shu bois uni "Madrid"da ko'rishni istagan. 21 yoshli futbolchiga moslashish uchun vaqt kerak bo'lsa-da, Mourinyu unga ishonch bildirmoqda"

Espi: "Aslida "Real Madrid" transferimni juda tez rasmiylashtirdi. Har bir imkoniyatdan unumli foydalanishga va bor kuchimni berishga harakat qilaman. O'zimni qanday o'yinchi deb ta'riflayman? Men klassik hujumchiman. Raqib jarima maydonchasi ichida bo'lishni va har qanday vaziyatdan foydalanishga tayyor turishni yoqtiraman"
Espining otasi: "Hozir o'zimizni xuddi kinodagidek his qilyapmiz. O'g'limning "Madrid"ga o'tishi jarayonidagi eng ajablanarli holat nima bo'ldi? Indin kechasi, shartnoma imzolash uchun Valdebebasga yetib kelganimiz zahoti, bizga Mourinyu biz bilan ko'rishib, shaxsan tabriklamoqchi ekanligini aytishdi.

Joze kelib, biz bilan juda xushmuomala bo'ldi, so'ng Karlosning yelkasidan ushlab, "endi sen menikisan" degancha uni o'z kabinetiga olib kirdi. Mourinyu o'g'lim bilan uzoq suhbatlashdi, unga jamoadagi rolini tushuntirdi va undan nimalarni kutayotganini aniq aytdi"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!