Karim Adeyemi:
«Xansi Flik – mening bu yerda bo'lishimning asosiy sababchisi. Men u bilan ko'p gaplashdim va ilk daqiqalardanoq unga qattiq ishondim».
«Murabbiy qayerda so'rasa, maqsadlarga erishish uchun har qanday yo'l bilan yordam berishga tayyorman».
«Men juda hayajondaman. Dunyodagi eng katta klub uchun o'ynayotganimni his qilyapman. Hamma «Barselona»ni qo'llab-quvvatlaydi va bu men uchun sharaf».
«Hujum chizig'ining istalgan pozitsiyasida o'ynash bilan bog'liq muammolarim yo'q. Meni qayerga qo'yishsa, o'sha yerda o'zimni qulay his qilaman».
«Lamin aqlbovar qilmas darajada zo'r. O'ylaymanki, biz maydonda ajoyib hamkorlikni yo'lga qo'ya olamiz. Bo'sh zonalardan qanday foydalanishni bilaman. Jamoada yosh o'yinchilar ko'p va biz tezda bir-birimizni tushunib, kimyo yarata olishimizga umid qilaman. Barchamiz bitta maqsad yo'lida birlashishimiz kerak».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!