«Barselona» Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Karim Adeyemini o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi. 24 yoshli futbolchining transferi 22 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, yana 7 million yevro bonuslar ko'rinishida nazarda tutilgan. Tomonlar 2031-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
Moliya masalasiga to'xtaladigan bo'lsak:
«Borussiya» Adeyemini 2022-yil yozida «RB Zalsburg»dan 30 million yevroga sotib olgandi. Shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganini inobatga olsak, klub sof foyda sifatida 16 million yevro qayd etadi.
«Barselona» uchun ushbu transfer moliyaviy jihatdan maqbul ko'rinmoqda. Klub hujum chizig'ini sifatli tarzda kuchaytirib oldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!