BBC xabariga ko'ra, «Ipsvich» vingeri Jeyden Filojin «Roma» hujum chizig'i uchun variantlardan biri bo'lishi mumkin. U Summervillga nisbatan arzonroq muqobil hisoblanadi va futbolchining taxminiy transfer qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
«Jallorossi» futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo ular «Bolonya» va «Benfika» bilan raqobatlashishlariga to'g'ri keladi. Ayni damda Portugaliya klubi transfer poygasida yetakchilik qilmoqda. O'tgan mavsumda futbolchi 36 ta o'yinda 13 ta gol urishga erishdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!