Iraola o'rtoqlik uchrashuvi va jamoaning holati haqida
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 12

Iraola o'rtoqlik uchrashuvi va jamoaning holati haqida

Iraolaning o'yindan keyingi fikrlari:

O'ylaymanki, biz ikki xil bo'limni ko'rdik. Ayniqsa, birinchi bo'limdagi tarkib ancha kuchliroq bo'lgani sezildi. Biz ikkala jamoani ham muvozanatlashga harakat qildik, ammo farq baribir sezilib turdi.
Biz ko'plab narsalarni to'g'irlashimiz kerak. Shubhasiz, bu bor-yo'g'i birinchi o'yin edi. Mashg'ulotlardagi yuklamalardan keyin futbolchilarning oyoqlari og'ir ekanligi sezildi, shuning uchun bizga biroz konsentratsiya yetishmadi. Ammo bu o'yin bizga keyingi ishlarimiz uchun yaxshi boshlang'ich nuqta bo'ladi.
Eng yomon yangilik bu Jo Gomesning jarohati bo'ldi. Biz deyarli butun mashg'ulot davrini birorta ham o'yinchini yo'qotmasdan o'tkazganimizdan mamnun edik, ammo afsuski, deyarli darhol Jo'dan ayrildik.

🛑 Jo Gomesning jarohati va Jeremi Jakening yo'qligi haqida:

Jeremi holatida biz shoshilmaslikka qaror qildik. U yelkasidagi jarohat tufayli bir necha oy maydonga tushmadi, shuning uchun uni asta-sekin o'yinlarga tayyorlab boramiz deb o'ylayman.
Katta ehtimol bilan, u bizning Amerika turnesidagi so'nggi uchrashuvda maydonga tushadi va ma'lum daqiqa o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu paytgacha vaziyatdan nisbatan qoniqish hosil qilgandik, ammo endi markaziy himoyachilarimizdan birini yo'qotdik.

🛑 Liverpulning niyatlarini ko'rsatgan birinchi gol haqida:

O'yinga kerakli sur'atni berish qiyin bo'ldi. O'ylaymanki, har ikkala jamoaga ham o'tkirlik va chuqurlik yetishmadi. Bundan tashqari, havo nam edi, maydon esa biroz sekinroq bo'ldi.
To'p bilan yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi, lekin intensivlik yetishmadi deb hisoblayman. O'zaro tushunish va harakatlarning o'z vaqtida bo'lishi hali idealdan yiroq ekanligi sezildi. Bizni juda ko'p ish kutib turib, ammo bu faqat boshlang'ich nuqta.

🛑 Jamoaning ikkinchi bo'limdagi g'alabaga intilishi haqida:

Asosiysi, bu o'yindan kerakli ritmga qaytish va o'zimizni chegarada ishlashga majburlash uchun foydalanish edi.
Maydonda 45, 60 daqiqa yoki boshqa vaqt o'tkazishingiz muhim emas, ulardan to'g'ri foydalanish kerak. Natija hozir unchalik ahamiyatga ega emas. Bosimni davom ettirish, bo'shashmaslik va maydonda o'zingizni juda qulay his qilmaslikka o'rganish muhim.
Biz hali juda ko'p narsani yaxshilashimiz kerak.

🛑 Yaqin kunlarda mashg'ulotlarga qaytadigan futbolchilar haqida:

Ular allaqachon Chikagoda va bizni kutishmoqda. Aleks Isak, Flo Virts va Rayan Gravenberx ertadan jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlashadi.
AQShda bizda yana ikkita o'yin qoldi. Umid qilamanki, biz ularning yuklamalarini to'g'ri taqsimlaymiz va bugun yetarlicha yaxshi ishlamagan narsalarni asta-sekin to'g'irlashni boshlaymiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!