Iraola muxlislarga murojaat qildi
YNWA ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 26

Iraola muxlislarga murojaat qildi

Iraola muxlislarga:

Men ularga o'zlari faxrlanadigan jamoani taqdim etishni istardim. Futbolda, ayniqsa, bu yerda eng muhimi — muxlislar bilan bog'liqlik. Har hafta sizni qo'llab-quvvatlaydigan, butun dunyo bo'ylab ortingizdan ergashadigan insonlar bilan aloqa o'rnatish kerak. O'tgan yili men qarama-qarshi tomonda bo'lganman, o'shanda Kyeza so'nggi daqiqalarda darvozamizga gol urgandi. Endi esa men o'sha energiyani his qilishni va shu lahzalarning bir qismi bo'lishni istayman.
Biroq, barchasi bizdan boshlanishi kerak va biz buni anglab turibmiz. Biz agressiv va tinimsiz mehnat qiladigan jamoa bo'lishimiz shart, muxlislar aynan shunday jamoa bilan o'zlarini identifikatsiya qila olishlari kerak. Har bir inson o'zi kutgan va ko'rishni istagan jamoani qo'llab-quvvatlayotganini his qilishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!