Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Roma" Franko Mastantuononi kuzatmoqda. Agar futbolchi "Real Madrid"dan ijaraga ketadigan bo'lsa, rimliklar uni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
"Fiorentina" ham argentinalik iqtidorli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. O'z navbatida, o'yinchi "River Pleyt"ga qaytishni istaydi, ammo "qaymoqranglilar" uning Argentinaga qaytishiga qarshi. Madrid klubi futbolchining Yevropada rivojlanishini va barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istaydi. Shuningdek, Fransiyaning bir qator klublari ham futbolchiga da'vogarlik qilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!