Fiorentina Matias Sule uchun kurashga qo'shildi
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 18

Fiorentina Matias Sule uchun kurashga qo'shildi

Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, "Fiorentina" Matias Sule uchun kurashga qo'shildi. Toskana klubi o'yinchi bilan maosh borasida kelishib olish uchun dastlabki muzokaralarni boshlab yubordi.

Agar Sule maosh bo'yicha kelishuvga erishsa, Paratichi "Roma"ga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin. Biroq "Roma" argentinalik futbolchini 35 million yevrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. Sule esa faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko'rmoqda, ammo hozircha "Sanderlend" vaziyatni kuzatishdan nariga o'tgani yo'q.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!