FIFA juda baxsli vaziyatda Belgiyaga rad javobini berdi
Good Sport ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 30

FIFA juda baxsli vaziyatda Belgiyaga rad javobini berdi

⚽️ FIFA Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasining shikoyatini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi va u intizomiy ish bo‘yicha tomon hisoblanmasligini, shu sababli apellatsiya berish huquqiga ega emasligini ma’lum qildi

Reglamentda nima deyilgan?

FIFA Intizom kodeksining 62-moddasida shunday deyiladi:

«Intizom qo‘mitasidagi ishda ishtirok etgan har qanday shaxs (a party to the proceedings), agar unda bunday apellatsiyani topshirish uchun qonun bilan himoyalangan manfaat mavjud bo‘lsa (has a legally protected interest in filing the appeal), Apellatsiya qo‘mitasiga shikoyat qilishga haqli»

❗️Shu bilan birga, FIFA intizom kodeksida kim «ish bo‘yicha tomon» hisoblanishi umuman belgilab qo‘yilmagan

● Shuning uchun bu yerda ikkita talqin paydo bo‘lishi mumkin

1️⃣ Tor talqin. Faqat intizomiy ish yurituvining bevosita ishtirokchilari (party to the proceedings) — ustidan ish ochilgan futbolchi, uning assotsiatsiyasi, klubi va boshqa shaxslar tomonlar hisoblanadi

2️⃣ Keng talqin. Agar qaror boshqa jamoaning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa, unda qonun bilan himoyalangan manfaat (legally protected interest) mavjud bo‘lgani uchun u ham tomon deb hisoblanishi mumkin. Belgiya vaziyatida bu manfaat yaqqol ko‘rinib turibdi: qaror pley-off o‘yini oldidan raqib tarkibini o‘zgartirib yubormoqda

FIFA, shubhasiz, reglamentni tor ma’noda talqin qilmoqda

● Shu bilan birga, belgiyaliklar umuman apellatsiya topshirmaganliklarini — shunchaki qarorning asoslantiruvchi qismini so‘rashganini da’vo qilmoqdalar. FIFA esa bu xatni o‘zboshimchalik bilan apellatsiya deb baholagan, sudya tayinlagan va Belgiyaga shikoyatni to‘ldirish uchun bor-yo‘g‘i bir necha soat vaqt bergan

● Ammo gap shundaki, qarorning asoslantiruvchi qismi (grounds of the decision) ham faqat ish bo‘yicha tomonlarga taqdim etiladi. Shunday qilib, agar Belgiya FIFA mulozimlari versiyasiga ko‘ra haqiqatan ham tomon hisoblanmasa, u rasman nafaqat apellatsiya berish, balki Intizom qo‘mitasi qarorining to‘liq asosnomasini olish huquqidan ham mahrum bo‘ladi

Asosiy savollar:

❓Agar FIFA Belgiyani ish bo‘yicha tomon emas deb hisoblasa, nega unda uning asoslantiruvchi qism bo‘yicha so‘rovi apellatsiya sifatida ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi?

❓ Agar bu murojaatni apellatsiya deb malakalash mumkin bo‘lgan bo‘lsa, unda qaysi asosga ko‘ra keyinchalik Belgiyada bunday ariza berish huquqi umuman yo‘qligi ma’lum qilindi?

🤡 Sirk

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!