FIFA Jahon chempionati va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini boshqaradigan alohida kompaniya tuzishni rejalashtirmoqda. The Times xabariga ko'ra, ushbu investitsion guruhga Joshua Kushner tomonidan asos solingan Thrive Capital kompaniyasi rahbarlik qilishi kutilmoqda.
FIFA Shveytsariyada soliq masalalari bo'yicha bosim ostida qolmoqda. Notijorat tashkilot maqomiga ega bo'lgan federatsiya imtiyozli soliq stavkasidan foydalanadi, bu esa ko'plab tanqidlarga sabab bo'lmoqda.
"Menga milliardlab aylanmaga ega tashkilot qanday qilib notijorat uyushma deb hisoblanishi mumkinligi tushunarsiz. Oddiy odam buni tushunmaydi", – degandi Syurix deputati Stefan Feldmann 2018-yilda.
Hozirda FIFA daromadlar bo'yicha rekordlar o'rnatishni maqsad qilgan. Shuningdek, tashkilot o'zining "tijoriy" sho'basi uchun qulayroq soliq yurisdiksiyasini izlayotgan bo'lishi mumkin.
Shuningdek, bu jarayon Donald Trampning qo'llab-quvvatlashi evaziga amalga oshirilayotgan kelishuv bo'lishi mumkinligi haqida ham taxminlar mavjud. 4,2 milliard dollar sarmoya evaziga investorlar kelgusi turnirlardan taxminan 25 foiz ulush olishlari ko'zda tutilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!