Fabrisio Romano: Olise 'Real Madrid'ga o'tishi uchun avvalo 'Bavariya'ga o'z xohishini bildirishi kerak
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 20

Fabrisio Romano: Olise 'Real Madrid'ga o'tishi uchun avvalo 'Bavariya'ga o'z xohishini bildirishi kerak

Fabrisio Romano xabariga ko'ra:

Olise'ning 'Real Madrid'ga o'tishi faqatgina futbolchi 'Bavariya'ga jamoadan ketish istagi borligini ma'lum qilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Hozircha esa bunday holat yuz bermadi.

 

Kelasi hafta 24 yoshli vinger o'z kelajagiga oydinlik kiritish maqsadida myunxenliklar rahbariyati bilan uchrashuvi mumkin.

Shu bilan birga, 'qaymoqranglilar' fransiyalik futbolchidan rozilik olgan zahoti 'Bavariya'ga Olise bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!