BolaVip xabariga ko'ra, "Spartak" Ezequiel Barkoning huquqlarining 50 foizi uchun 6,2 million yevro talab qilayotgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Futbolchining atrofidagilar "River Pleyt"ga shunday xabar bergan. Argentina klubi esa o'z navbatida yarim himoyachi uchun 5 million yevro to'lashga tayyorligini bildirgan. Barkoning o'zi esa "Independiente"ga o'tishni afzal ko'rmoqda.
"Rodina"ga qarshi o'yindan so'ng Barko "Spartak"dagi kelajagi haqida gapirishdan bosh tortdi. Biroq, Karp ma'lumotiga ko'ra, moskvaliklar jamoa yetakchisini sotish niyatida emas va faqat shartnomani uzaytirish variantini ko'rib chiqmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!