Yozda klubni uzoq vaqt davomida sharafini himoya qilgan va barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan bir qator tajribali o'yinchilar tark etishdi. Yosh va tajribali futbolchilar haqida gap ketganda, 25 yoshda bo'lishingizga qaramay, hozir yelkangizda ko'proq mas'uliyat borligini his qilyapsizmi?
O'ylaymanki, ha. Men 25 yoshdaman. Siz aytganingizdek, Mo ketdi, Robbo ketdi, vitse-kapitanimiz va klub afsonasi ham ketdi. Ularning ikkalasi ham afsona, biz ularni juda sog'inamiz va endi kimdir ularning o'rnini egallashi kerak. Agar bu men bo'lsam, buni qilishga tayyorman.
Shaxsiy masalaga kelsak, o'tgan mavsumda siz klubning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgandingiz. Ammo bu mavsumda sizdan ko'proq narsa kutish mumkin deb hisoblaysizmi?
Har doim intilish uchun joy bor. Men hech qachon qoniqmayman. Yo'q, o'zimdan qoniqaman, lekin bundan ham ko'prog'iga erisha olaman deb o'ylayman. O'ylaymanki, aynan shu narsa meni bolaligimdan oldinga undagan: menga doimo ko'proq narsa kerak bo'lgan. Hozir ham xuddi shunday deb o'ylayman.
So'nggi 3 yil siz uchun juda sermazmun o'tdi, ko'p narsa o'zgardi va yuz berdi. Futbol nuqtai nazaridan ikkita eng yorqin lahzani tilga oldingiz. So'nggi 3 yil ichida maydonda yana qaysi lahzalar yodingizda qoldi?
Albatta, Premer-ligadagi g'alaba. «Uembli»dagi ilk sovrinim, Liga kubogini yutish, garchi o'ynamagan bo'lsam ham. «Liverpul» libosini ilk bor kiyish va «Enfild»da maydonga tushish. Jamoadoshlarim orasida do'stlar orttirish, shu jumladan, endi biz bilan bo'lmaganlar bilan ham. Va bu oilaning bir qismiga aylanish.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!