Dominik Soboslai: "Barcha sovrinlarni yutmoqchiman"
Шесть Элче ↗ ●●●●● Matbuot 👁 15

Dominik Soboslai: "Barcha sovrinlarni yutmoqchiman"

🛑 Uzoq muddatli shartnoma imzolading. Kelgusi yillardagi ambitsiyalaring qanday? Jamoaga nimalarda yordam bermoqchisan?

Men namuna bo'lishni istayman. Imkon qadar barcha uchun o'rnak bo'lishni xohlayman. Shartnoma imzolayotganimda, barcha sovrinlarni yutmoqchi ekanligimni aytgandim. Bu fikrim bir soniyaga ham o'zgargani yo'q. Hammasi avvalgidek: men ushbu mamlakatda yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni, shu jumladan Chempionlar ligasini ham qo'lga kiritmoqchiman. Men bunga tayyorman.

🛑 Bu sening yangi shartnomang va o'z ustingda ishlash, o'tgan mavsumdagi natijalarni yaxshilashga intilayotganing ko'rinib turibdi. Yozda klubda ba'zi o'zgarishlar yuz bermoqda. Ushbu intervyuni ko'rayotgan muxlislarga nima degan bo'larding?

O'tgan mavsumda meni har qachongidan ham ko'proq ruhlantirganlari uchun ularga rahmat. Bizni oldinga undashda davom etinglar, chunki o'tgan mavsum sizlar loyiq bo'lgan natija emasligini bilamiz. Bizni motivatsiya qilishda davom etinglar, biz esa sizlarga istagan barcha narsangizni taqdim etamiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!