💭 Didye Desham Maykl Olisening Ispaniyaga qarshi o'yindan keyingi chiqishiga nisbatan aytilgan tanqidlarga javob berdi:
O'ylashimcha, siz unga nisbatan juda qattiqqo'l bo'lib ketdingiz. U Ispaniyaga qarshi uchrashuvda haqiqatan ham eng yaxshi o'yinini ko'rsatmadi, ammo buni boshqa ayrim futbolchilar haqida ham aytish mumkin. Uning o'sishi uchun hali ulkan salohiyat bor va u albatta yanada kuchayadi. Jahon chempionati yarim finali — bu hissiyotlar katta rol o'ynaydigan o'zgacha o'yin. Ammo ushbu turnirda o'zini haqiqatdan ham ko'rsata olgan futbolchi haqida gapiradigan bo'lsak, bu aynan Olise. Qolaversa, u ajoyib inson.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!