L'Équipe nashri jurnalisti Luik Tanzi xabariga ko'ra, Bredli Barkolya Andoni Iraola bilan muzokaralar o'tkazgan va "Liverpul"ga o'tish bo'yicha prinsipial rozilik bergan.
Fransiyalik futbolchi so'nggi kunlarda "Liverpul" vakillari, shuningdek, Iraola bilan muloqot qilgan. Bredli klublar kelishuvga erishib, transfer amalga oshishiga umid qilmoqda.
"PSJ" bilan muzokaralarga kelsak, bu borada yangilik yo'q. Tomonlar endigina muloqotni boshlashgan, Barkolyaning transfer qiymati bo'yicha qarashlar hali ham bir-biridan sezilarli darajada farq qilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!