Roger Torello xabariga ko'ra, "Barsa" Eli Junior Krupi xaridini maqsadga muvofiq deb hisoblamayapti. Klub hech qanday sharoitda fransiyalik futbolchi uchun 100 million yevro to'lamaydi.
Bu summa "Barsa" Xulian uchun taklif qilgan mablag'ga mos keladi, ammo Krupi argentinalik futbolchi darajasida emas va unda 1996-yilda "Barsa" sarmoya kiritgan Ronaldodagi kabi salohiyat ko'rinmayapti.
"Barsa"dagi shior aniq: agar 100 million to'lanadigan bo'lsa, bu faqat tasdiqlangan yulduz futbolchi uchun bo'lishi kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!