Asensio «Real»dan ketishi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 13

Asensio «Real»dan ketishi mumkin

📰 AS xabariga ko'ra, Asensio yozgi transferlar oynasida «Real»dan ketishi mumkin bo'lgan navbatdagi futbolchi bo'lishi kutilmoqda. Hozirda futbolchining agenti Jorje Mendesh 23 yoshli himoyachi uchun xaridor qidirmoqda.

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti): «Mourinyo Asensio uning rejalariga kirmasligini ma'lum qilgan. Hozirda «Real Madrid» va Mendesh ispaniyalik futbolchi uchun unga ma'qul keladigan yangi klub izlashmoqda, chunki futbolchining o'zi «qirollik klubi»ni tark etishni istamayapti. Asensioning ketishi Mourinyo talab qilayotgan yana bir markaziy himoyachini tarkibga qo'shib olishda hal qiluvchi rol o'ynaydi».

📻 Cope ma'lumotiga ko'ra, agar Asensio jamoani tark etmasa, «Real Madrid» yangi markaziy himoyachi sotib olmaydi. Tarbiyalanuvchi esa hamon o'zining qadrdon klubida qolishni istamoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!