Arsenal transfer yangiliklari: Konsa, Morgan va Martinelli atrofidagi vaziyat
We Are The Arsenal ↗ ●●●●○ Transfer 👁 19

Arsenal transfer yangiliklari: Konsa, Morgan va Martinelli atrofidagi vaziyat

🚨 Xend xabariga ko'ra:

— «Arsenal» Konsaga nisbatan jiddiy qiziqish bildirmoqda. Lakrua borasidagi qiziqish esa men bu haqda xabar berganimdan so'ng ancha oldin so'nib bo'lgan.

— Klub Yakobo Ramon bilan ham qiziqqan, biroq «Komo» jamoaning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli ishtirokini inobatga olgan holda uni sotish niyatida emas.

— «Nyukasl» Bruno uchun belgilangan narx bo'yicha qat'iy pozitsiyada: kamida 80–85 mln.

— Martinelli sotuvga qo'yilgan.

— May–iyun oylarida «Arsenal»ga Morgan transferi uchun 80–100 mln yetarli bo'lishi aytilgan. Bu ma'lumot agentlar orqali Bertaga yetkazilgan. Biroq Anderson bilan bog'liq bitim «Villa»ning o'yinchi borasidagi bahosini butunlay o'zgartirib yubordi.
Shundan so'ng «Arsenal» og'zaki ravishda 80 mln taklif qildi. Klub maksimal 100 mln gacha chiqishga tayyor edi, ammo o'sha vaqtga kelib, Anderson va Tonali transferlari bozordagi vaziyatni o'zgartirgani sababli narx ham o'zgargandi.

Morgan va uning oilasi «Arsenal»ga o'tishga to'liq tayyor edi. O'yinchining Mikel bilan shaxsiy uchrashuvi haqida ham yirik jurnalistlar xabar berishdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!