📝 Ben Jacobs xabariga ko'ra, "Arsenal" Bruno Gimaraesh uchun yaxshilangan taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda. Bungacha "kanonirlar" tomonidan vositachilar orqali yuborilgan 65 million funt sterlinglik dastlabki taklif rad etilgan edi.
"Kanonirlar" o'z taklifini 70 million funt sterlingdan oshirishga tayyor, chunki braziliyalik yarim himoyachi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishilgan. Biroq "Nyukasl" o'z sardorini saqlab qolish niyatida qat'iy turibdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!