📝 Diario As xabariga ko'ra, «Arsenal» Bruno Gimaraeshni o'z safiga qo'shib olish uchun yakuniy urinishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Ma'lum qilinishicha, 70 million funt sterlingdan ortiq va bonuslarni o'z ichiga olgan taklif rad etilgan, biroq «kanonirlar» «Nyukasl Yunayted» talablariga mos keladigan yaxshilangan taklif bilan qaytishlari kutilmoqda.
Shuningdek, Eddi Xau ketishi mumkinligi transferning yaqin kunlarda yakunlanishiga bo'lgan optimizmni oshirgani ta'kidlanmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!