Andoni Iraolaning klub intervyusidan yosh futbolchilar haqidagi fikrlari:
🛑 Sizni ayniqsa nima xursand qildi? Bu vaqt ichidagi eng ijobiy jihat nima deb o'ylaysiz?
«Ehtimol, yosh futbolchilarning chiqishlari. Asosan bizda U21 jamoasi va akademiyadan kelgan futbolchilar o'ynashdi va ular Premer-liga darajasidagi raqiblarga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ular yakkakurashlarda g'alaba qozonishdi, jamoaviy g'oyalarimizni amalga oshirishda yordam berishdi. Balki, bu kutilmagan hol emas, balki ularning darajasini tasdiqlovchi omildir».
🛑 Siz boshidanoq yosh futbolchilarni ko'rishni intiqlik bilan kutayotganingizni aytgandingiz. So'zlaringizga qaraganda, ular kutganingizni oqlashdi. Endi ular asosiy jamoada qoladimi, U21 safiga qaytadimi yoki ijaraga ketadimi, shuni hal qilishingiz kerak...
«Ha, turli variantlar bo'lishi mumkin. Ular menga o'z darajalariga mos ekanliklarini, foyda keltira olishlarini, o'yin daqiqalarini sifatli o'tkazishlarini va mashg'ulotlarda yuqori darajani ushlab turishlarini ko'rsatishdi. Ishonchim komilki, ularning ba'zilari biz bilan qoladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!