Bugun Andoni Iraolaning «Liverpul» bosh murabbiyi sifatidagi ilk mavsumoldi yig'ini oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi, mashg'ulotlar esa ertadan boshlanadi.
Jek Lasbi yozishicha, ertaga asosiy tarkibdan quyidagi futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etadi: Pechi, Mamardashvili, Vudman, Kerkez, Gomes, Frimpong, Tsimikas, Jake, Nyoni, Makkonnell, Jons, Sobo, Elliott, Ngumoa va Kyeza.
Leoni va Baychetich ham jalb qilinishi mumkin, ammo ularning jarohatdan tiklanish jarayoni Jake kabi tez kechmayapti.
Van Deyk, Gravenberx, Gakpo, Virts va Isak AQShdagi turne boshlanishidan oldin jamoaga qo'shilishadi. Alisson esa biroz keyinroq mashg'ulotlarga kirishadi.
Makki va Munyosga kelsak, ular AQSh safarida qatnashmaydi va mavsum boshiga yaqinroq mashg'ulotlarni boshlaydi – odatda xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan o'yinchilarga 3 haftalik ta'til beriladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!