📰 AS xabariga ko'ra, «Inter» yozgi transfer oynasida Alessandro Bastonini taxminan 70 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Bastonining agenti: «Mijozimning «Inter» bilan shartnomasi yana 2 yilga mo'ljallangan. U klubni yaxshi ko'radi, shu bois hozirda boshqa jamoaga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti. Agar kelajakda «Inter»ni ham, Bastonini ham qoniqtiradigan taklif bilan chiqadigan klub paydo bo'lsa, biz bitimni muhokama qilishimiz mumkin. Ammo hozirda Bastonining «Inter»dan ketishi bo'yicha aniq muzokaralar olib borilayotganidan dalolat beruvchi hech qanday holat yo'q».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!