Alehandro Garnacho «Aston Villa»ga o'tdi
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 14

Alehandro Garnacho «Aston Villa»ga o'tdi

«Aston Villa» «Chelsi» bilan 22 yoshli argentinalik vinger Alehandro Garnachoni 2026/27-yilgi mavsum oxiriga qadar ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelishuvda 50 million yevro evaziga sotib olish opsiyasi mavjud bo'lib, u muayyan shartlar bajarilganda majburiy tus oladi. Tibbiy ko'rikdan o'tildi, shaxsiy shartlar bo'yicha esa sotib olish amalga oshirilgan taqdirda kuchga kiradigan to'rt yillik shartnoma kelishib olindi.

Moliyaviy jihatlar:

«Chelsi» Garnachoni 2025-yil sentyabrida «MYu»dan 46,2 million yevroga xarid qilgan edi. Yillik amortizatsiya 9,24 million yevroni tashkil etadi. Balans qoldig'i esa 38 million yevro.

BBC xabariga ko'ra, «Chelsi»da shartlar osonlik bilan bajarilishiga ishonch katta. Agar sotib olish sharti «deyarli muqarrar» deb baholansa, bitim ijara boshlangan paytdan e'tiboran doimiy transfer sifatida qayd etiladi. Biroq, bu baholash klublar va auditorlar ixtiyorida qoladi hamda APL/UEFA tekshiruvidan o'tishi kerak.

Ikkinchi ssenariyda «Aston Villa» 50 million yevroni besh yilga taqsimlashi mumkin (yiliga 10 million yevrodan), «Chelsi» esa transferdan 12 million yevro sof foyda ko'radi va Garnachoning yillik amortizatsiyasi hamda maoshidan xalos bo'ladi.

Kinsella ma'lumotiga ko'ra, «MYu»ning «sell-on» bandi bo'yicha foizi umumiy transfer summasidan 10 foizni tashkil etishi mumkin, Gillning fikricha esa faqat foydadan.

Bu har ikki tomon uchun ham qulay bitim. «Chelsi» o'zini ko'rsata olmagan Garnachodan zarar ko'rmasdan qutulmoqda. «Villa» esa 22 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib oldi, Garnacho esa faoliyatini qayta tiklash ustasi bo'lgan Emeri qo'l ostiga o'tmoqda. 👍

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!