Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Alehandro Garnacho "Chelsi"dan "Aston Villa"ga o'tdi. Tomonlar 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan ijara shartnomasi borasida kelishuvga erishdi, bitimda sotib olish opsiyasi ham mavjud. Kelishuv rasman yakunlangan.
Garnacho "Chelsi" safida atigi bir mavsum o'tkazdi. Argentinalik vinger o'tgan yili 46 million yevro evaziga xarid qilingan bo'lib, 43 ta o'yinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar Garnacho muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng "yuqoriga qarab qadam tashlagani" haqida hazil qilishmoqda: "Villa" APLda 4-o'rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo'llanma oldi, "Chelsi" esa 10-o'rin bilan yevrokuboklardan chetda qoldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!