Footmercato.net xabariga ko'ra, "Roma" himoyani kuchaytirish maqsadida Aksel Disasini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Rimliklar "Chelsi" bilan bog'lanib, fransiyalik markaziy himoyachining vakillari bilan muzokaralar olib borishgan. "Vest Xem"dagi ijara muddatini yakunlab qaytayotgan futbolchi uchun "aristokratlar" 20 million yevro atrofida mablag' talab qilmoqda. Disasining amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar mo'ljallangan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!