Abde Ezzalzuli va Roma o'rtasidagi muzokaralar qiyin kechmoqda
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 8

Abde Ezzalzuli va Roma o'rtasidagi muzokaralar qiyin kechmoqda

Abde Ezzalzuli atrofidagi vaziyat ancha sovidi.

Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, ayni damda futbolchi va Roma o'rtasida kelishuv mavjud emas va muzokaralar kutilganidan ham qiyinroq kechmoqda.

Marokashlik vinger Betisda yaxshi maosh oladi, qolaversa, klub kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Shu bois moliyaviy kelishuvga erishish oson bo'lmaydi. Vaziyatni Ispaniya klubi talab qilayotgan narx yanada murakkablashtirmoqda. Ular futbolchi uchun hamon 45 million yevro atrofida mablag' so'rashmoqda, Roma esa hozircha bu summani to'lashga tayyor emas.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!